Yangiliklar
Nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda
11-may 2023-yil Bugun Zarafshon shahri va Qiziltepa, Konimex, Nurota, Uchquduq va Tomdi tumanlaridagi 18 ta umumta’lim maktabida umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash jarayoniga oid nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Nazorat materiallari va so‘rovnoma savollari malakali mutaxassislar hamda ekspertlar ishtirokida tuzilgan bo'lib, maktablar reytingini aniqlashga doir kreativlik va mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan.
Nazorat ishlari ona tili va adabiyoti, matematika va kimyo fanlaridan olinmoqda. Shuningdek, o‘quvchilar va o‘qituvchilar ishtirokida ijtimoiy so‘rovnomalar ham tashkil etilmoqda.
Ma’lumot uchun, umumta’lim muassasalari milliy reytingi o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma va nazorat ishlari natijalari hamda reytinga aloqador ma’lumotlar tahlil qilinib, yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin keng jamoatchilikka e’lon qilinadi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.