Yangiliklar

.

NAVOIYDA “JASORAT MAKTABLARI”GA QABUL QILINGAN O‘QUVCHILARNING TANTANALI “VA’DA BERISH” MAROSIMI BO‘LIB O‘TDI

15-oktabr 2026-yil
image

Navoiy viloyatida “Jasorat maktablari”ga qabul qilingan o‘quvchilarning tantanali “Va’da berish” marosimi bo‘lib o‘tdi. Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Navoiy shahrida joylashgan 20022-harbiy qismda tashkil etilgan tadbirda viloyatning barcha hududlaridan kelgan mazkur sinf o‘quvchilari ishtirok etdi.

Marosim davomida yosh jasorat egalari Vatanga sadoqat, yurtga fidoyilik va xalq xizmatida bo‘lishga tayyor ekanliklarini mardonavor so‘zlar bilan ifoda etib, tantanali va’da berdilar. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning saf va ko‘rgazmali chiqishlari, Milliy gvardiya bo‘linmalarining jangovar tayyorgarlik namoyishlari tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq, 2025–2026-o‘quv yilidan boshlab Navoiy viloyatida 11 ta “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Joriy yil iyul oyida o‘tkazilgan test sinovlari va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha ikki bosqichli tanlov natijalariga ko‘ra, 286 nafar 5-sinf o‘quvchisi ushbu maktablarga qabul qilindi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB