Yangiliklar

.

ZAMONAVIY PEDAGOG — DAVR TALABI: NAVOIYDA MAHORAT SABOQLARI

19-oktabr 2026-yil
image

"Poydevori mustahkam imorat yillar sinoviga bardosh berganidek, boshlang‘ich ta’limi sifatli bo‘lgan inson kelajakda yuksak parvozlarga erishadi."

Navoiy viloyatidagi umumta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni”, amaliy fanlar — tasviriy san’at va chizmachilik hamda texnologiya fani o‘qituvchilari uchun esa “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari boshlandi.
Navоiy shahridagi 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan kasbiy rivojlanish tadbirlarida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitova ishtirok etdi. U pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va mashg‘ulotlarni yuqori saviyada tashkil etish muhimligini alohida ta’kidladi.
Ma'lumot o'rnida, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyruqlari asosida 2026–2027-o‘quv yilida viloyatdagi 75 ta tayanch maktabda kasbiy rivojlanish tadbirlarini tashkil etish belgilangan. Jarayon doirasida 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha 3 516 nafar yetakchi o‘qituvchi jalb etilib, 14 586 nafar fan o‘qituvchisining kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashiladi.
Kasbiy rivojlanish tadbirlari pedagoglarning bilim va ko‘nikmalarini muntazam takomillashtirish, samarali o‘qitish usullarini amaliyotga joriy etish hamda o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
 

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB