Yangiliklar

.

VAZIR O‘RINBOSARI NAVOIYDA MAKTAB FAOLIYATINI O‘RGANDI

7-noyabr 2026-yil
image

Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish, ta’lim-tarbiya sifati va pedagoglar faoliyati samaradorligini oshirish, yoshlarning intellektual hamda ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Ta’lim va ilm-fan vaziri o‘rinbosari Mehriniso Pardayeva Navoiy viloyatidagi o‘rganishlari doirasida Navoiy shahridagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan tanishib, muassasada o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida maktabda faoliyat yuritayotgan fan, sport va ijodiy to‘garaklar, o‘quvchilarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar jarayoniga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, maktabdagi mavjud o‘quv-amaliyot xonalari, ularning moddiy-texnik ta’minoti hamda ta’lim jarayonida foydalanish samaradorligi o‘rganildi.

Jarayon davomida o‘quvchilar va pedagoglar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning fikr-mulohazalari, takliflari, o‘quvchilarning qiziqishlari va to‘garaklardagi ishtiroki, ta’lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, to‘garaklar faoliyatini takomillashtirish hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

navoiy_mmtb@exat.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB