Yangiliklar
NAVOIYLIK ÖQUVÇI XALQARO OLIMPIADA ĞOLIBI!
9-noyabr 2026-yil
Nukus şahrida buyuk qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasi bölib ötdi. Nufuzli bilimlar bellaşuvida dunyoning 17 ta davlatidan iqtidorli öquvçilar iştirok etib, kimyo fanidan öz bilim va salohiyatlarini sinovdan ötkazdilar.
Quvonarlisi, xalqaro miqyosdagi uşbu musobaqada Özbekiston şarafini munosib himoya qilgan Navoiy şahridagi 11-umumiy örta ta’lim maktabi öquvçisi Jasurbek Mustafoyev yuksak bilim va puxta tayyorgarligini namoyon etib, oltin medalni qölga kiritdi.
Uşbu natija yoşlarimizning ilm-fanga bölgan qiziqişi, izlanişi va salohiyati xalqaro maydonda ham yuksak e’tirof etilayotganining yana bir yorqin namunasidir.
Jasurbek Mustafoyevni uşbu munosib ğalaba bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusidagi ilmiy izlanişlari va xalqaro musobaqalarda yangi zafarlar tilaymiz!