Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
11-noyabr 2026-yil
Ijtimoiy tarmoqlarda Xatirçi tumanidagi nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlaridan birida tarbiyalanuvçilarni taşiş jarayonida yöl qöyilgan xavfsizlik qoidalari buzilişi aks etgan videolavha tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Xatirçi tumani Içki işlar bölimi Yöl harakati xavfsizligi bölinmasi xodimlari tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisida bayonnoma tuzilgan.
Şuningdek, tuman Ta'lim va ilm-fan bölimi mas’ul xodimlari tomonidan muassasa direktori hamda haydovçisidan yozma tuşuntiriş xatlari olindi.
Jarayonda tadbirkorga mazkur oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkiloti faoliyati böyiça tuzilgan bitim şartlari, xususan, tarbiyalanuvçilarning hayoti va soğliği xavfsizligini ta’minlaş, ularni taşiş jarayonida belgilangan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etiş yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berildi hamda bunday holatlarning takrorlanişiga yöl qöymaslik haqida qat’iy ogohlantirildi.
Ta’kidlaş joizki, bolalarning hayoti va soğliği xavfsizligini ta’minlaş har qanday ta’lim taşkiloti faoliyatida eng ustuvor vazifa hisoblanadi. Uşbu masalada mas’uliyatsizlik va beparvolikka aslo yöl qöyib bölmaydi.
Viloyat Ta'lim va ilm-fan boşqarmasi barça nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari rahbarlarini tarbiyalanuvçilar xavfsizligini ta’minlaş, taşiş jarayonida belgilangan me’yor va talablarga qat’iy amal qilişga çaqiradi.