Yangiliklar
SAYYOR QABUL - INSON QADRI UCHUN
12-may 2023-yilJoriy yilning 12-may kuni G'ozg'on shahar "Guliston" MFY binosida viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b J.Kalandarov hamda shahar hokimi A.Bazarovlarning ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.
Shahar aholisi uchun jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabulda maktabgacha va maktab ta’limi sohasiga oid o'ndan ortiq murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi, qolganlarining ijrosi nazoratga olindi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.