Yangiliklar
JAJJI EKOLOGLAR — TABIATGA MEHR BOLALIKDAN BOŞLANADI!
11-noyabr 2026-yil
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PQ-110-son qarori ijrosini ta’minlaş, maktabgaça ta’lim taşkilotlarida ekologik ta’lim va tarbiya samaradorligini oşiriş, bolalarda tabiatga mehr-muhabbat, ekologik madaniyat va mas’uliyatli munosabatni şakllantiriş maqsadida "Jajji ekologlar" loyihasi amalga oşirilmoqda.
Mazkur loyiha doirasida Navoiy şahridagi 29-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida tarbiyalanuvçilar iştirokida ekologik-ma’rifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbir davomida bolajonlarga tabiatni asraş, daraxt va gullarni parvarişlaş, suvni tejaş, atrof-muhitni toza saqlaş hamda çiqindilarni belgilangan joyga taşlaşning ahamiyati qiziqarli va sodda usullarda tuşuntirildi.
Şuningdek, turli amaliy maşğulotlar orqali jajji iştirokçilarda tabiatga mehr, jonli mavjudotlarga ğamxörlik va ekologik mas’uliyat tuyğularini şakllantirişga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida loyihani amalga oşirişdagi faol iştiroki, bolalarga ekologik ta’lim-tarbiya berişdagi mehnati va taşabbuskorligi uçun tarbiyaçilarga taşakkurnomalar hamda esdalik sovğalari topşirildi.
Zero, ekologik madaniyat va tabiatga mas’uliyatli munosabat bolalikdan boşlanadi. Bugun tabiatni sevişni örgangan bola ertaga uni asraydigan, kelajak uçun qayğuradigan inson bölib voyaga yetadi.