Yangiliklar
NAVOIYLIK 681 NAFAR PEDAGOG BUGUNGI ATTESTATSIYA SINOVLARIDA ISHTIROK ETMOQDA
12-noyabr 2026-yil
Ayni kunlarda viloyatimizdagi maktabgacha, umumiy örta va maktabdan taşqari ta’lim taşkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlar uçun navbatdagi malaka toifasi sinovlari davom etmoqda.
Bugun Navoiy şahridagi "Kelajak markazi"da tarix, davlat va huquq asoslari hamda tarbiya fanlari öqituvçilari uçun attestatsiya sinovlari tashkil etildi. Unda viloyat böyiça 681 nafar pedagog iştirok etib, öz bilim va kasbiy salohiyatlarini sinovdan ötkazmoqda.
Ma’lumot uçun, kuzgi attestatsiya jarayonlari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori hamda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 29-iyuldagi 277-son buyrug‘i asosida tashkil etilmoqda.
Barcha pedagoglarga attestatsiya sinovlarida omad va yuqori natijalar tilaymiz!