Yangiliklar
IJTIMOIY FANLAR ÖQITUVÇILARI UÇUN KASBIY RIVOJLANIŞ KUNI
16-noyabr 2026-yil
Bugun viloyatdagi 15 ta belgilangan tayanç maktabda barça umumta’lim maktablaridan jalb etilgan tarix, huquq va tarbiya fanlari böyiça 367 nafar yetakçi öqituvçi iştirokida navbatdagi “Kasbiy rivojlaniş kuni” tadbirlari ötkazilmoqda.
Tadbirlar doirasida 15 nafar mentor-öqituvçi tomonidan ijtimoiy fanlarni öqitişning samarali usullari, zamonaviy pedagogik yondaşuvlar hamda fanlar kesimida zarur öquv-metodik materiallar taqdim etilmoqda.
Şuningdek, dars maşğulotlarini samarali taşkil etiş, ta’lim sifatini oşiriş va ilğor pedagogik tajribalarni ommalaştirişga qaratilgan metodik tavsiyalar berilmoqda. Özaro muloqot va amaliy maşğulotlar orqali pedagoglar kasbiy tajriba almaşib, öz metodik mahoratlarini yanada takomillaştirmoqda.
Ma’lumot uçun: “Kasbiy rivojlaniş kuni” tadbirlariga jalb etilgan mentor-öqituvçilarga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, har oyda 20 foiz miqdorida ustama haq tölanişi belgilangan.
Mazkur tizim pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş, ilğor tajribalarni ommalaştiriş va umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini yangi bosqiçga olib çiqişga xizmat qiladi.