Yangiliklar
BOŞQARMA BOŞLIĞI NAVBAHOR TUMANIDA BÖLDI
17-noyabr 2026-yil
Navoiy viloyati Ta’lim va ilm-fan boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitovaning Navbahor tumanidagi ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishish doirasidagi o‘rganish ishlari navbatdagi manzili 22-umumta’lim maktabi bo‘ldi.
Tashrif davomida maktabda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samarali yo‘lga qo‘yilishi bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimining holati, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan masalalar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Tashrif doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasiga ham munosib hissa qo‘shildi. Boshqarma boshlig‘i maktab o‘quvchilari bilan birgalikda ezgu niyatlar ila daraxt ko‘chatlarini ekib, yashil va obod muhitni shakllantirish, tabiatga mehr va ekologik madaniyatni yosh avlod ongiga singdirish yo‘lidagi xayrli tashabbusni qo‘llab-quvvatladi.
Zero, bugun ekilgan har bir nihol — ertangi kunning yashilligi, go‘zalligi va farovonligiga qo‘yilgan munosib hissadir.