Yangiliklar
BILIM OL, KASB-HUNAR TANLA
14-may 2023-yil2023-yil 20-yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, maktablarda o‘quvchilarga ikkinchi chet tilini o‘rgatish va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berilgan edi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Uchquduq tumanidagi umumta’lim maktablarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashish maqsadida “Bilim ol–kasb-hunar tanla” mavzusida viloyat o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.
Seminarda tumandagi 7-sonli MFChO’IDUM, 10-18-sonli maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar taqdimot qilinib, fikr va mulohazalar almashildi.
Seminarda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshlig‘i o‘rinbosari S. Uvaytov, boshqarma mas’ul xodimlari, tuman va shaharlardan masalaga aloqador mas’ullar va maktab direktorlari ishtirok etdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.