Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

14-may 2023-yil
image

    Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi joriy yilning 12-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Karmana tumanidagi 15-maktab bir o‘quvchi qizni boshqa bir sinf qizlari “samasud“ qilishdi" sarlavhali videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

     Mazkur huquqbuzarlik holati haqiqatan ham 2023-yilning 20-fevral kuni Karmana tumanidagi 15-umumta’lim maktabining o‘quvchilari o‘rtasida dars mashg’ulotlari tugab, uyga qaytish vaqtida sodir bo‘lgan.

    Ushbu huquqbuzarlik bo‘yicha tuman IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, mazkur masala 2023-yil 15-mart kuni bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasida muhokama qilinib, komissiya qaroriga asosan huquqbuzarlik sodir qilgan voyaga yetmagan B.M. ning ota-onasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-moddasi 1-qismi bilan javobgarlik chorasi qo‘llanilgan. Shuningdek, maktab o'quvchilari B.M. va F.D. lar maktab ichki nazoratiga olinib, ularning o‘qishi, yurish turishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari doimiy nazoratga olingan.

    Mazkur holat 2023-yil 17-mart kuni bo‘lib o‘tgan maktab jamoat kengashi yig‘ilishida keng muhokama etilib, bu kabi noxush holatlar qayta takrorlanmasligi uchun tegishli chora-tadbirlar belgilab olinganligini ma’lum qilamiz.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB