Yangiliklar
ISHCHI GURUH FAOLIYATIDAN
16-may 2023-yilNavoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining 2023-yil 12-maydagi 49-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida G‘ozg‘on shahar va Nurota tumanidagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari kompleks tekshirilmoqda.
Boshqarma ishchi guruhi a’zolari tomonidan davlat MTTlarida tegishliligi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimining qarorlari, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va boshqarmaning buyruqlari, bayonlari, topshiriqlari hamda boshqa tegishli hujjatlarning amaldagi ijrosi tahlil qilinmoqda.
Shuningdek, tashkilotlarda ta'lim-tarbiya jarayonining Davlat o'quv dasturi asosida olib borilishi va tarbiyalanuvchilarning sog'lom ovqatlantirilishini to'g'ri tashkil etilganligi, kadrlarga oid qabul qilingan buyruqlarning qonunchilikka muvofiqligi, ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati o‘rganilmoqda.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan pedagog xodimlarga uslubiy yordam va tavsiyalar berib borilmoqda.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.