Yangiliklar
OAV VAKILLARI VA BLOGERLAR E’TIBORIGA!
16-may 2023-yil Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi, viloyat Axborot va ommaviy kommunikasiyalar boshqarmasi hamkorligida “Nurota tumanida yosh avlodning sifatli ta’lim-tarbiya olishi va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar” mavzusida PRESS-TUR va MATBUOT ANJUMANI tashkil etilmoqda.
O'tkazilish sanasi: 2023-yil 18-may; soat: 9:00dan boshlab.
Murojaat uchun tel.: +99897 366-46-00, +99899 412-69-09, +99893434-86-92.
Hurmatli OAV vakillari va blogerlar! Barchangizni ushbu press-tur va matbuot anjumaniga taklif etamiz.
Izoh: joriy yilning 18-may kuni soat 08:00da Navoiy shahridagi “Matbuot uyi” binosi oldidan jo‘nab ketiladi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.