Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
18-may 2023-yilNavoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Navoiy viloyati Karmana tumanida xususiy bog‘chalaridan birida bolakay tarbiyachisi tomonidan kaltaklanganligi iddao qilinmoqda” sarlavhali fotolavhalar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Ushbu holat Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Karmana tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘lim tomonidan zudlik bilan o‘rganib chiqildi. Aniqlanishicha, bu holat Karmana tumanidagi Alisher Navoiy MFYda joylashgan “Karmana Baby kids” davlat-xususiy sheriklik asosidagi yirik nodavlat MTT tarbiyalanuvchisiga (shaxsi ochiqlanmagan) tegishli bo‘lib, joriy yilning 17-aprel kuni shu tarbiyalanuvchining onasi (shaxsi ochiqlanmagan) MTTga shu hududni profilaktika inspektori bilan birga kelib, 14-aprel kuni farzandini MTTda tarbiyachilari urganini iddao qilgan va bu holat yuzasidan profilaktika inspektori tomonidan tegishli tartibda surushtiruv o‘tkazilgan. Surushtiruv natijasiga ko‘ra, onaning vaji o‘z isbotini topmagan.
Shuningdek, keyinchalik shu onadan farzandini MTTga qatnagani uchun tegishli to‘lovni kechiktirayotganligini va uni o‘z vaqtida to‘lashi so‘ralganda, ona tomonidan 14-aprel kuni olingan ushbu rasmlar 18-may kuni ayrim ijtimoiy tarmoqlarga yuborilgan.
Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ta’lim muassasalarida sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bo‘lmagan ota-onalar hamda jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildiradi va kelgusida ham doimiy hamkorlik ishlarini olib borishga tayyor.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.