Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

PRESS-TUR TASHKIL ETILDI

18-may 2023-yil
image

   Joriy yilning 18-may kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati bo‘limi, viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida “Nurota tumanida yosh avlodning sifatli ta’lim-tarbiya olishi va kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar” mavzusida press-tur va matbuot anjumani tashkil etildi.
 

     Dastlab tadbir ishtirokchilari tumandagi “Umidli yoshlar maskani” davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat MTT faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

     Ma'lumot o'rnida: tashkilot umumiy loyiha qiymati 4 milliard 300 million so‘m imtiyozli kredit evaziga qurilib, 2019-yil foydalanishga topshirilgan.

     180 nafar bolajonlar tarbiyalanayotgan ushbu ta’lim maskanida 30 nafar pedagog va ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda. Ularning 11 nafari oliy ma’lumotli mutaxassislardir.

    Ingliz va rus tillari, mental arifmetika kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun zamin bo‘lmoqda.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB