Yangiliklar
Jurnalistlarning keyingi tashrif manzili tumandagi 13-davlat MTT bo‘ldi
18-may 2023-yil Jurnalistlarning keyingi tashrif manzili tumandagi 13-davlat MTT bo‘ldi. Ular jarayonda tarbiyalanuvchilar bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlar, didaktik o‘yinlar, sahnalashtirilgan ertaklar orqali faoliyatni olib borish, turli to‘garak mashg‘ulotlari, oshxonadagi shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.
2022-yil “Investitsiya” dasturi asosida qurilgan ushbu ta’lim tashkilotida hozirgi kunda 6 ta guruhda 150 nafar bolajonlar tarbiyalanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: tumanda 84 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti mavjud bo‘lib, shundan 19 tasi davlat, 59 tasi oilaviy, 3 ta DXSH asosidagi nodavlat MTTlari faoliyat yuritadi. 3-7 yoshli bolalar soni 6747 nafar bo‘lib, ularning 4797 nafari maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olingan. 2017-yilda qamrov darajasi 27,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda 71,3 foizga yetkazildi.
Jurnalist va mehmonlar ta’lim tashkilotidagi shart-sharoitlar bilan tanishib, bolajonlar bilan suhbatlashishdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.