Yangiliklar
Jurnalistlar oilaviy nodavlat MTT bo‘lishdi
18-may 2023-yilPress-tur doirasida jurnalist va mehmonlar “Nurfaxr” MFYdagi yakka tartibdagi tadbirkor Zamira Umarovaga tegishli oilaviy nodavlat MTT bo‘lishdi.
25-o‘rinli ushbu bog‘cha 2019-yildan buyon faoliyat yuritmoqda.
3 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlangan.
Ishtirokchilar tashkilotda bolajonlarga yaratilgan sharoitlar, tarbiyachi tomonidan ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari va qo‘llanilayotgan didaktik materiallar bilan tanishdi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.