Yangiliklar
YOSHLAR QAYSI KASBLARGA QIZIQMOQDA?
18-may 2023-yilPress-tur ishtirokchilari uchun navbatdagi manzil 34-umumta’lim maktabi bo‘ldi.
Ushbu dargohda ular yosh avlodning sifatli ta’lim-tarbiya olishi bilan birga kasb-hunar egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Maktabda 31 ta sinfda 843 nafar o‘quvchi o‘qib kelmoqda. Bu yerda ish faoliyatini olib borayotgan 79 nafar pedagogning 77 nafari oliy, 1 nafari to‘liqsiz oliy, 1 nafari o‘rta maxsus ma’lumotlidir. Ularning 22 nafari oliy, 18 nafari birinchi, 23 nafari ikkinchi toifali va 16 nafari mutaxassis o‘qituvchilar hisoblanadi.
9 nafar ingliz tili fani o‘qituvchilari o‘quvchilarga saboq berib kelmoqda. Ularning 4 nafari С1 xalqaro sertifikatiga, 2 nafari B2 xalqaro sertifikatlariga ega. Bir nafar 11-sinf o‘quvchisi Hayitboyeva Shahribonu 2023-yilda SEFR V2 milliy sertifikatini qo‘lga kiritib, muddatidan oldin oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi.
2022-2023-o‘quv yilida maktabning 2 nafar: biologiya fani o‘qituvchisi Ismatov Mironshoh va kimyo fani o‘qituvchisi Muhiddinov Umidjonlar vazir jamg‘armasi ustamasi uchun o‘tkazilgan test sinovlari va suhbat jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok etib, har oyda beriladigan 5 mln so‘mlik ustamaga ega bo‘lishdi.
2021-2022-o‘quv yilida jami 48 nafar o‘quvchi 11-sinfni bitirib, ularning 22 nafari mahalliy OTMlarga 8 nafari xorijiy OTMlarga o‘qishga qabul qilindi.
Maktabda 64 nomdagi kasb-hunarlarga yo‘naltirish bo‘yicha 8-11 sinf o‘quvchilaridan so‘rovnomalar o‘tkazilib, o‘quvchilarning 2 nafari asalarichilik, 2 nafari limonchilik, 1 nafari quyonchilik, 1 nafari chorvalik, 15 nafari kashtachilik, 21 nafari tikuvchilik, 5 nafari avtomobillarga xizmat ko‘rsatish, 6 nafari chilangarlik yo‘nalishiga, 17 nafari ayollar sartaroshligi yo‘nalishiga, 11 nafari pazandachilik yo‘nalishiga, 7 nafari tosh o‘ymakorligi yo‘nalishiga, 3 nafari quyonchilik yo‘nalishiga qizishi aniqlandi hamda ularga ustozlar biriktirildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.