Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

18-may 2023-yil
image

      Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda aytilishicha holat Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Langar mahallasidagi 58-maktabda janjal yuz bergan” sarlavhali videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
 

   Ushbu holat Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan nazoratga olingan. Shuningdek, mazkur voqeani viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ham nazoratga olganini bildirdi.

   Mazkur holat yuzasidan hozirda Xatirchi tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

   Natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB