Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

RASMIY MUNOSABAT

23-may 2023-yil
image

   Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi 58-sonli maktab o‘qituvchisi, o‘quvchini kaltaklangani aytilmoqda” sarlavhali videolavha yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.

     Mazkur holat yuzasidan olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, voqea joriy yilning 23-fevral kuni soat 10:30–11:00lar atrofida 58-umumta’lim maktabida sodir bo'lgan. Kelishmovchilik aslida shu maktabning 11-sinf o‘quvchilari va 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yuzaga kelgan. Buning oqibatida 11-sinf o‘quvchisi J.L. va 9-sinf o‘quvchisi A.I.lar yengil tan jarohati olgan.

    Ushbu huquqbuzarlik bo‘yicha tuman IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, janjalda ishtirok etgan jami 13 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilarining ota-onalariga nisbatan O‘z.Res MJtKning 47-moddasi ba’zaviy hisoblash miqdorining 1 (bir) baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

    Shuningdek, yuqoridagi kabi holatlar kelgusida takrorlanmasligi uchun tuman IIB hamda maktab ma’muriyati bilan birgalikda o‘quvchilarning ota-onalari bilan holat yuzasidan suhbat tashkil etilgan. O‘quvchilar maktab ichki nazoratiga olinib, ularning o‘qishi, yurish-turishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari doimiy nazoratga olingan.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

 

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB