Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

O'RGANISH YAKUNLARI MUHOKAMA ETILDI

30-may 2023-yil
image

   Joriy yilning 30-may kuni Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining ishchi guruhi tomonidan G‘ozg‘on shahridagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan o‘rganish natijalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

   Unda shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari, davlat MTT direktorlari, hamshiralar, metodistlar, xo‘jalik mudirlari ishtirok etdi.

   Yig‘ilishni shahar hokimi A. Bazarov ochib, maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar, sohada amalga oshirilayotgan barcha saʼy-harakatlar, bir maqsadga – kelajak avlod vakillarining har tomonlama mukammal taʼlim-tarbiya olishlariga qaratilganligini ta’kidladi.

   Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ning o‘rinbosari U. Tillayev o‘rganish natijalari bo‘yicha gapirdi. Xususan, davlat MTTlarining faoliyati, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash, ta’lim-tarbiya jarayonlari, tarbiyalanuvchilarni sog‘lom ovqatlantirish kabi masalalar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish, kelgusida takrorlamaslik va oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilash, ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

   Shuningdek, muhokama yakunida o‘rganish davomida aniqlangan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hamda o‘zlarining vazifalarini bajarishda mas’uliyatsiz bo‘lgan rahbar hamda mas’ullarga qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli intizomiy jazo choralari ko‘rilishi belgilandi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB