Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

BAYRAMGA MUNOSIB SOVGʻA

1-iyun 2023-yil
image

    1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan viloyatimizda 5 ta yangidan tashkil etilgan davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va bolajonlarni qabul qilishni boshladi.

  Xususan, Zarafshon shahar “Yulduz” MFYda “Zarafshon ko‘zmunchoqlari” oilaviy nodavlat MTT o‘z faoliyatini boshladi. Tadbirkor Sh. Yangiboyev tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu bog‘cha 25 o‘rinli bo‘lib, bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoit yaratilgan.

  Gʻozg‘on shahar "Tumar" MFY hududida yakka tartibdagi tadbirkor M.Azimjonovaga tegishli 50 o‘rinli "SMART KIDS - AQLLI BOLAJON!" oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

  Karmana tumanida “Durman kichkintoylari” davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘z faoliyatini boshlagani mahalla ahlini xursand qildi. 50 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu tashkilotning qurilishiga jami 1 milliard. 248 million so‘m imtiyozli kredit ajratilgan.

  Talqoq mahallasi hududida “Первый шаг” nomli rus tiliga ixtisoslashtirilgan oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti ham o‘z faoliyatini boshladi. Ushbu oilaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti bolalar qamrovi 35 nafar hisoblanadi.

  Navbahor tumani “Yangi obod” MFYda “Yangi avlod bolajonlari” davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Tashkilotda 120 nafar bolalarni tarbiyalash rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 25 nafarini ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarning farzandlari tashkil etadi. Muhtasham bino, malakali mutaxassislar, zamonaviy texnika vositalari va jihozlar bilan ta’minlangan o‘quv xonalari, alohida oshxona, o‘yin attraksionlari, suzish havzasi, jonli burchak barchasi bolajonlar xizmatida. Maskanda ta’lim-tarbiya jaryoni ilg‘or xorijiy tajribalar asosida olib boriladi. Rus, ingliz tillari, mental arifmetika, shaxmat, gimnastika va rasm, sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

  Tadbirlarda sektor rahbarlari, nuroniy otaxonu onaxonlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.

   Kichkintoylar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar mehmonlarga a’lo kayfiyat baxsh etdi.

Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.

navoiy_mmtb@xtv.uz
@mmtb
@navoiy_viloyat_mmtb
/MMTB