Yangiliklar
RASMIY MUNOSABAT
2-iyun 2023-yilNavoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan “Tabibimning o‘zi ham bemor ekan...” sarlavhali ma’lumotlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi.
Yuqoridagi kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Xatirchi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimi J.Y bilan suhbatlashildi. Unga xizmat vazifasini bajarishda mas’ulyat bilan yondashmaganligi va uning salbiy oqibatlari tushuntirildi.
Shuningdek, xodim J.Y yuqoridagi kamchiliklarga qayta yo‘l qo‘ymasligi bo‘yicha ogohlantirildi.
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.